Kelajak yoshlar g‘oyalari bilan quriladi: Mirobodda “Toshkent tajribasi” doirasida festival bo‘lib o‘tdi
2026-03-26 21:20:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir ta’lim tizimidagi ilg‘or yondashuvlarni ommalashtirish, yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.
Festivalda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Raximova, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Bobur Abdullayev, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shaxzoda Xamdamova, shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Muxtabar Maraimova hamda poytaxtimizdagi barcha tumanlar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalar, startap g‘oyalar va amaliy loyihalar taqdimotlari namoyish etildi.
Yoshlarning ijodkorligi, tashabbuskorligi va zamonaviy bilimlarga intilishi mehmonlar tomonidan yuqori baholanib, bunday loyihalar kelajak taraqqiyotining muhim omili ekani alohida ta’kidlandi.
Festival yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish hamda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida muhim fikr va takliflar bildirildi.
