Mirobod tumanida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” yuksak saviyada o‘tkazildi
2026-03-26 18:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jaev, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Bobur Abdullayev, IIO FMB boshlig‘i U.Nasriddinov, shuningdek, sohaviy xizmat rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda yosh ijodkorlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ilm-fan, madaniyat va ijod sohalaridagi faolligi, erishilayotgan yutuqlar atroflicha muhokama qilindi. Yoshlarni turli salbiy ta’sirlar va jinoyatchilikdan asrash, ularni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlar qilib, qator amaliy taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Rahbarlar tomonidan har bir fikr diqqat bilan tinglanib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Uchrashuv doirasida institut talabalarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Milliy va zamonaviy yo‘nalishlarda yaratilgan asarlar ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. Shuningdek, mehmonlar institut muzeyi bilan tanishib, milliy san’at tarixi va uning rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ta’lim jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar va ijodiy ustaxonalar faoliyati ham yaqindan ko‘zdan kechirildi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur uchrashuv yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.









