Mirobod tumanida Oson-ish.uz platformasi yuzasidan seminar tashkil etildi
2026-03-26 12:45:00 / Yangiliklar

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — zamonaviy raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali mehnat bozoridagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ish beruvchilar hamda ish qidiruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Seminar davomida ishtirokchilarga Oson-ish.uz platformasining asosiy imkoniyatlari, jumladan vakansiyalarni joylashtirish, nomzodlarni saralash, ish qidiruvchilar uchun qulay qidiruv tizimi va elektron tarzda murojaat yuborish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, platformadan foydalanish tartibi, uning afzalliklari va amaliy jihatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Qayd etildiki, mazkur platforma ish beruvchilar va ish qidiruvchilar o‘rtasida samarali “ko‘prik” vazifasini bajarib, bo‘sh ish o‘rinlarini tezkor to‘ldirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlik darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va platformadan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar mehnat bozorida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.




