Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-03-24 12:40:00 / Yangiliklar
Bugun, 24-mart kuni, Mirobod tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi raisi, Xayrulla Qayumov raislik qildi.

Sessiya ishida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Gulruh Agzamova, Olga Litvinova, xalq deputatlari Toshkent shaxar Kengashi deputati Taspulat Matiboev, mahaliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalarning tuman Kengashi rahbarlari hamda hisobot beruvchi mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar.
Sessiyada hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda muhim sohalarda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Sessiyada kun tartibida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
- Kommunal xizmatlar va obodonlashtirish ishlari
2025–2026-yillar kuz-qish mavsumida tuman hududlarida aholiga va ijtimoiy xizmat obyektlariga kommunal xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. - Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosi muhokama qilindi. Qarorda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. - Ichki xo‘jalik yo‘llarini saqlash va ta’mirlash
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Hisobotni tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Najmiddinov taqdim etdi. - Ta’lim sohasidagi ishlar
2025-yilda tuman maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M.Maraimova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri, hisobot berdi. - Sog‘liqni saqlash ishlari
Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash bo‘yicha 2025-yilda bajarilgan ishlar hisobot qilindi. Hisobotni bosh shifokor Sh.G.Xudayberdiyev taqdim etdi. - Yoshlar masalalari
2025-yilda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Hisobotni tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Y.Kamalov taqdim etdi. - Tashabbusli byudjet va loyihalarni moliyalashtirish
2026-yil birinchi mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash va tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi. Hisobotni Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Oripov taqdim etdi. - Boshqa masalalar
Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va keyingi ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



