#MilliyStyleUz chellenjida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
2026-03-18 13:15:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan barchangizni quyidagi tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorlaymiz:
✅ Oshxona, kafe, restoran, bozor va savdo majmualarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz milliy liboslarda ishlash chellenjiga qo‘shilib, bayramona kayfiyat yaratishga hissa qo‘shishlari so‘raladi.
✅ Milliy liboslarimiz — “atlas”, “adras” kabi noyob merosimizni zamonaviy uslubda namoyon etish maqsadida dizayner va chevar qizlarimiz o‘rtasida tanlov va ijodiy loyihalar tashkil etiladi. Siz ham o‘z ijodingizni namoyish etib, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘ling!
✅ Shahrimizning diqqatga sazovor maskanlari, xiyobonlar va metro bekatlarida milliy liboslar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi. Taniqli xotin-qizlar va blogerlar ishtirokidagi ushbu tadbirlarda siz ham faol qatnashing.
✅ Aholi gavjum hududlarda “Milliy karaoke” chellenji tashkil etiladi. Milliy qo‘shiqlar va laparlar ijro etib, bayramona muhitni yanada jonlantiramiz!
✅ Milliy do‘ppi targ‘iboti doirasida maxsus chellenjlar o‘tkaziladi. Barchangizni milliy bosh kiyimimiz — do‘ppini faxr bilan kiyib, ushbu harakatga qo‘shilishga chaqiramiz.
Aziz opa-singillar!
Milliy libos — bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning tarixi, madaniyati va iftixoridir. Keling, uni birgalikda asraylik va zamonaviy ruhda targ‘ib etaylik!
Barchangizni ushbu #MilliyStyleUz chellenjida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
