Anvar Sayfutdinov “Tong yulduzi” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi
2026-03-16 16:35:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, tadbirkorlik obyektlarini belgilangan yagona dizayn kod talablari asosida tartibga keltirish, shuningdek hududning sanitar holati va ijtimoiy infratuzilmasi tanqidiy tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumanga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda mahallalarni raqamlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlarining xizmat faoliyati bilan tanishilib, xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganishlar davomida yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar davrida jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









