“Men ham daraxt ekaman” aksiyasi boshlandi
2026-03-14 12:25:00 / Yangiliklar

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov videoselektor orqali “Men ham daraxt ekaman” aksiyasiga start berdi, aksiya butun poytaxt bo‘ylab o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida poytaxtning "yashil kamarini" kengaytirish ishlari 4,2 gektar maydonda davom etmoqda. Ushbu hududda Qrim qarag‘ayi, eman, akatsiya, sofora va boshqa ko‘p yillik daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.
Hozirda 1 600 ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda, shuningdek, yana 2 000 ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Ushbu aksiya doirasida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov rahbarligida, tuman prokurori B. Abdullayev, tuman IIO FMB boshlig‘i U. Nasriddinov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari X. Inomov hamda tashkilot va idoralar xodimlari, mahalla faollari va fuqarolar birgalikda daraxt ko‘chatlarini ekdilar.
Ushbu tashabbus poytaxt hududidagi yashil zonalarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan





