“Turon maktab teatri” tanlovining Mirobod tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
2026-03-04 18:50:00 / Yangiliklar

Tanlov o‘quvchilar o‘rtasida teatr san’ati va milliy cholg‘u san’atini keng targ‘ib qilish, maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini rivojlantirish va o‘quvchilarning ijodiy, intellektual qobiliyatini oshirishga qaratilgan.
Tanlovda tumanimizdagi 18 ta umumta’lim maktablari ishtirok etmoqda. Bugungi kunda jamoalar "Bizning maktab" sharti bo‘yicha bellashdilar.
Ushbu shartda ishtirokchi jamoalar 6 daqiqa davomida tahsil olayotgan maktabining yutuqlari va faoliyatini sahna, badiiy va musiqiy ko‘rinish orqali tanishtiradi.
Tanlov ertaga davom etadi, bunda maktab o‘quvchilari “Teatr – ibratxona” sahna spektakli sharti bo‘yicha o‘zaro bellashadilar. Spektakllar 15 daqiqa davom etadi va o‘quvchilarning ijodiy salohiyati, sahnadagi chiqish mahorati baholanadi.
Tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoa mart oyida o‘tkaziladigan hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Shuningdek, tanlov natijasida har bir tumanda o‘ziga xos kichik teatr jamoasi shakllanadi.
G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar esa ijod maktablariga qabul qilinadi va ularning iste’dodlarini yanada rivojlantirishga imkon yaratadi.









