Mirobod tumanida yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
2026-02-27 09:05:00 / Yangiliklar

Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, jamoaviylik va hamjihatlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqish va intilishni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Bellashuvlar murosasiz va keskin raqobat muhitida kechib, har bir uchrashuv qizg‘in va mazmunli bahslarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va jamoaviy harakatlari bilan ajralib turishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, diplom hamda medallar bilan rag‘batlantirildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday sport tadbirlari yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalashda, ularda mas’uliyat, matonat, iroda va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






