Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-02-26 17:00:00 / Yangiliklar

Sessiya davomida:
— Mirobod tumani prokurori B.Abdullayev tomonidan 2025-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berildi;
— O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi boshlig‘i A.Annazarov tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etildi;
— Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i U.Nasritdinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, ya’ni mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha hisobot berildi;
— Mirobod tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Inomov tomonidan mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, norasmiy bandlik va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berildi;
— Mirobod tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshlig‘i I.Yunusov tomonidan aholining ishsiz qatlamini bandlikka jalb etish, norasmiy bandlikni legallashtirish va kasbga tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, sessiyada boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul rahbar va xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi.









