Davlat mulklarini realizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar: ochiqlik, samaradorlik va yangi imkoniyatlar!
2026-02-21 16:15:00 / Yangiliklar

Mazkur qarorlar ijrosi Toshkent shahrida ham izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida joylashgan bo‘sh turgan va kam foydalanilayotgan davlat mulki obyektlari bosqichma-bosqich inventarizatsiyadan o‘tkazilib, ularni sotish yoki ijaraga berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Shuningdek, davlat mulklarini ijaraga berish bo‘yicha belgilangan tartib-taomillar aholining huquqiy xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mulk qiymati, undan foydalanish shartlari hamda tomonlarning huquq va majburiyatlari oldindan aniq belgilanishi fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratmoqda.
Xulosa qilib aytganda, davlat mulklarini realizatsiya qilish va xususiylashtirishga oid qarorlar iqtisodiyotga ochiqlik, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning izchil ijrosi Toshkent shahrida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
