Mirobod tumanida “Tashabbusli budjet” doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda
2026-01-29 09:45:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlar doirasida mahalla faollari hamda budjet tashkilotlari rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–264-sonli qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-280-V-sonli qarori asosida joriy etilgan muhim yangiliklar atroflicha tushuntirilmoqda.
Xususan, “Tashabbusli budjet” jarayonlarini moliyalashtirishning yangilangan tartibi, shuningdek, “birgalikda moliyalashtirish” mexanizmining mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Uchrashuvlarda islohotlarning amaliy ahamiyati keng muhokama qilinib, loyihalarni shakllantirishda qo‘llanilayotgan yangi yondashuvlar tahlil etilmoqda. Qayd etish joiz-ki, tuman hududidagi barcha mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Ushbu tadbirlar aholining hududlarni rivojlantirishdagi ishtirokini yanada oshirish, mahalla instituti faoliyatini mustahkamlash hamda xalq vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni yangi sifat bosqichiga olib chiqishga xizmat qiladi.




