Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-01-28 09:50:00 / Yangiliklar

Sessiyada 2026-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar:
✅ Mirobod tumanining 2026-yilga mo‘ljallangan biznes rejasini tasdiqlash;
✅ Mirobod tumani hokimi va uning o‘rinbosarlarini mahallalarga noma-nom biriktirish;
✅ Mirobod tumani hokimligi qoshidagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini 2025-yil IV chorak yakuni bo‘yicha ishlatilishi;
✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi;
✅ Mirobod tumanida 2025-yil yakunlariga ko‘ra budjet daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi;
✅ Mirobod tumanida “Zarbdor tajribasi” namunasi asosida drayver loyihalarni amalga oshirish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida;
✅ Mirobod tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.









