Toshkent shahar prokurori Mirobod tumanida yoshlar muammolarini tingladi
2026-01-15 14:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari U. Mamarajabov, tuman prokurori B. Abdullaev, tuman IIOFMB boshlig‘i U. Nasriddinov, hokim o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari hamda 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarning turli sohalarga oid muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Ijrosi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.









