Yangi yil tuhfasi – bolajonlarga quvonch ulashildi
2025-12-26 16:15:00 / Yangiliklar
Mirobod tumanida “Yangi yil archasi” bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Shu munosabat bilan bugun tumanimizdagi Bolalar ruhiy kasalligi shifoxonasi hamda 57-sonli maxsus maktab tarbiyalanuvchilari uchun unutilmas bayram tashkil etildi.

Mirobod tumani prokurori Bobur Abdullayev, tuman hokimining o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov boshchiligidagi Qorbobolar karvoni maktabga tashrif buyurib, bolajonlarga yangi yil shodligini ulashdi.
Mehmonlar o‘quvchilarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, ularga sog‘lik, baxt va yangi yutuqlar tilashdi. Qorbobo va Qorqizlar esa tuman hokimligi hamda prokuratura tomonidan tayyorlangan Yangi yil sovg‘alarini bolalarga tantanali ravishda topshirdilar.
Ushbu bayram bolajonlar yuzidagi samimiy tabassum, quvonch va iliq his-tuyg‘ular bilan yanada mazmunli bo‘ldi.
Yangi yil hammamizga ezgulik, mehr-oqibat va yangi umidlar olib kelsin!









