Mirobod tumanida yoshlar bilan ishlashda yangi yondashuv – ijobiy natijalar
2025-12-24 11:35:00 / Yangiliklar

Tumandagi 14–30 yoshdagi 17 059 nafar yoshlar orasidan ajratilgan 87 nafar yoshlar 5 ta huquq-tartibot va mudofaa organlari xodimlariga biriktirildi. Jumladan:
- Mudofaa — 51 nafar;
- Prokuratura — 3 nafar;
- FVB — 14 nafar;
- IIBB — 16 nafar;
- Adliya — 3 nafar.
📊 Yil davomida o‘tkazilgan uchrashuv va suhbatlar natijasida aniqlangan muammolar to‘liq bartaraf etildi. Natijada:
✅ 26 nafar probatsiya nazoratidagi va
✅ 13 nafar profilaktika hisobidagi yoshlar muddatidan oldin hisobdan chiqarildi.
16 nafar agressiv xulq-atvordagi yoshlar sport va profilaktik tadbirlarga jalb qilindi,
📚 9 nafar dars qoldiruvchi yoshlar ta’limga qaytarildi,
🏠 9 nafar notinch oila farzandlarining ijtimoiy muhiti ijobiy tomonga o‘zgardi.
🏅 Ushbu ishlarda faol ishtirok etgan 3 nafar shtab a’zolari Mirobod tumani hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









