Yangi yil bayram savdo yarmarkalari qizg‘in davom etmoqda
2025-12-23 10:50:00 / Yangiliklar
Yangi yil bayrami arafasida tumanimizdagi Mirobod dehqon bozorida bayramona savdo yarmarkasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan yarmarkada oziq-ovqat mahsulotlarining keng assortimenti — go‘sht, meva-sabzavot, poliz mahsulotlari, shirinliklar hamda qandolatchilik mahsulotlari arzon va maqbul narxlarda taklif etilmoqda.

Bayramona bezatilgan savdo maydonida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va fermer xo‘jaliklari o‘zining sifatli va yangi mahsulotlarini aholiga bevosita yetkazib bermoqda. Xaridorlar esa bir joyning o‘zida barcha kerakli mahsulotlarni topish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Mazkur yarmarka Yangi yil bayrami oldidan bozorlar faoliyatida yanada qulaylik yaratish, aholining xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ko‘tarinki bayramona muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.









