Hurmatli jamoatchilik faollari, OAV vakillari va blogerlar!
2025-12-15 13:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida:
🔵 hokimlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar,
🔵 korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari,
🔵 fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimining holati,
🔵 jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning yanada kuchaytirilishi kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.
Mazkur tadbirda keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari jurnalistlari hamda blogerlarning faol ishtirok etishi biz uchun muhimdir. Sizning fikr-mulohazalaringiz ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga doir ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 18-uy
Tadbir boshlanish vaqti: 15:00
