Mirobod tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi
2025-12-10 09:25:00 / Yangiliklar
Mirobod tumani prokurori B.T. Abdullayev rahbarligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimligi, soliq inspeksiyasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, banklar, ichki ishlar organlari hamda boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida tumanda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirish, qo‘shimcha manbalarni aniqlash va undirish ishlari, shuningdek soliq qarzdorligini bartaraf etish holati atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida umumiy ovqatlanish shohobchalari, norasmiy bandlik, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ul idoralarga aniq vazifalar yuklandi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.


