Mirobod tumanida rahbar xodimlar ishtirokida navbatdagi iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi
2025-12-05 10:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda hokim o‘rinbosarlari, majmua rahbarlari, bo‘lim va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi.
📌 O‘qish davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:
-
“Ijro.gov.uz” va “edo.ijro.uz” elektron tizimlarida topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
-
hujjatlar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish va ijro intizomini kuchaytirish;
-
yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan KPI ko‘rsatkichlarining bajarilishi;
-
fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar–noyabr oylarida Mirobod tumani hokimligiga 3 610 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 72 foizi qanoatlantirilgan. Shu davrda tuman hokimi tomonidan 71 ta sayyor qabul o‘tkazilib, 470 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglangan.
📊 Iqtisodiy o‘qish doirasida hokim o‘rinbosarlari tomonidan KPI tizimi asosida tayyorlangan shaxsiy referatlar ko‘rib chiqildi. Ularda I–III chorak yakunlari, mavjud kamchiliklar, erishilgan natijalar hamda IV chorak uchun belgilangan ustuvor vazifalar tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga aniqlashtirilgan topshiriqlar berildi. Ularning bajarilishi Mirobod tuman hokimligi Tahliliy–nazorat guruhi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
