Mirobod tumani hokimi va prokurori og‘ir sharoitda yashab kelayotgan ikki nafar ayolga yangi xonadon kalitlarini topshirdilar
2025-12-01 11:10:00 / Yangiliklar

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Mirobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga ko‘maklashish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Konstitutsiya bayrami arafasida uzoq yillar davomida og‘ir sharoitda kun kechirgan ikki oilaning hayotida yangi sahifa ochildi.
Tuman hokimi Anvar Sayfutdinov va tuman prokurori Bobur Abdullayev tomonidan:\
- Ko‘zi ojiz, 1-guruh nogironi, 2 nafar farzandi bor, boquvchisini yo‘qotgan Muxayyo Ergashevaga,
- shuningdek, turmush o‘rtog‘i afg‘on urushi qatnashchisi bo‘lgan, 2-guruh nogironi Gulnora Nazarovaga Mirobod tumanida joylashgan yangi ikki xonali xonadonlar kalitlari tantanali tarzda topshirildi.
Tuman hokimi xonadon egalariga yangi uylar kalitlarini topshirar ekan, ularga bundan buyon farovon va tinch hayot kechirishlarini tiladi.
Ayollar ko‘rsatilayotgan e’tibor va mehr-muruvvatdan katta mamnunlik bildirib, Prezidentimizga chuqur minnatdorchilik izhor etdilar.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yanvar–fevral oylarida tumanda 30 yoshdan yuqori barcha xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazilgan edi. So‘rovnomalar asosida “Ayollar daftari”ning 6-bosqich 5-toifasiga ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va uy-joyga ehtiyoji bor 3 ta oila kiritilgan.
Xonadonlar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 145-sonli “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida topshirildi.









