Chelyabinskdagi xalqaro forumda Mirobod tumani yutuqlari taqdim etildi
2025-11-21 16:55:00 / Yangiliklar
Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyatida “Yevroosiyo darvozalari” III Xalqaro interaktiv forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mezbon tomonning rasmiy taklifiga binoan Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari F. Madaminova mazkur xalqaro forumda ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

Forum davomida Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari F. Madaminova Toshkent shahrida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha Mirobod tumanida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ma’ruzada Mirobod tumanidagi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ehtiyojmand xonadonlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar natijalari ham yoritib o‘tildi.
Xalqaro forum doirasida Mirobod tumani tajribasi ishtirokchilar tomonidan yuqori baholanmoqda.



