Mirobod tumanida atmosfera havosini yaxshilash maqsadida daraxtlar maxsus texnika yordamida yuvildi
2025-11-21 16:20:00 / Yangiliklar
Mirobod tumanida tuman Ekologiya bo‘limi va Mirobod TOB xodimlari ishtirokida ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida maxsus texnikalar jalb etilib, tuman ko‘chalaridagi daraxtlarni va yo‘llarni yuvish ishlari tashkil etildi.

Mazkur ishlar havodagi chang miqdorini kamaytirish, yashil hududlarni sog‘lomlashtirish hamda aholiga yanada qulay ekologik muhit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tozalash ishlari quyidagi manzillarda amalga oshirildi:
- Sariko‘l ko‘chasi
- Eski Sariko‘l ko‘chasi
- Sayxun ko‘chasi
- Yangizamon ko‘chasi
- H. Aliyev ko‘chasi
Mirobod tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish va tozalikni ta’minlash bo‘yicha bunday ekologik tadbirlar izchil davom ettiriladi.








