Mirobod tumanida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2025-11-18 18:45:00 / Yangiliklar

Bugun, 18-noyabr kuni Mirobod tumani hokimligida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Bobur Abdullaev va IIOFMB boshlig‘i Otabek Xadjayevlar rahbarligida «Yashil makon» umummilliy harakati kuzgi mavsumi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, tuman ekologiya bo‘limi mutasaddilari, tuman sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, tuman sanepidqo‘mita boshlig‘i, shuningdek, boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda kuzgi ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, barcha mahalla va tashkilotlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari – bu faqat raqamlar va qog‘ozlar uchun “erga cho‘p suqish emas. Bu kelajagimiz uchun milliy vazifadir. Va uni amalga oshirishda sidqidildan yondashish zarur.
Xususan, daraxt va ko‘chat ekish ishlarini sug‘orish tizimlari tashkil etilgan joylarda amalga oshirish, daraxt navlarini to‘g‘ri tanlash, keyinchalik ekilga ko‘chatlar parvarishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bir so‘z bilan aytganda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan ushbu loyihaga kelajak avlodlar uchun atrof-muhitni yaxshilash maqsadida mas’uliyat bilan yondashish talab qilindi.
Ma’lumot uchun, tumanni yanada obod, toza va yashil hududga aylantirish maqsadida ijtimoiy soha tashkilotlari tomonidan 2025-yil kuz mavsumida jami 40 000 ga yaqin buta va daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.








