Siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi
2025-11-07 10:20:00 / Yangiliklar

Bugungi siyosiy ma’rifat soatida O‘zbekiston va Finlyandiya Prezidentlarining Toshkent shahridagi muzokaralari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitidagi ishtiroki, shuningdek, “C5+1” formatidagi sammitda ishtirok etish uchun AQSh poytaxtiga amalga oshirgan tashrifi kabi muhim mavzularga bag‘ishlandi.
Tadbirda tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirok etdilar.
Mazkur siyosiy ma’rifat soati ishtirokchilar uchun mamlakatimiz tashqi siyosiy faoliyati va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Prezidentimiz tashabbuslarining jahon miqyosidagi ahamiyatini chuqur anglash va tahlil qilishda muhim ma’naviy hamda amaliy ahamiyat kasb etdi









