Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida
2024-12-23 17:10:00 / Matbuot anjumanlari
2024-yil 23-dekabr kuni Milliy matbuot markazida Yer qaʼridan foydalanish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM rahbariyati, markaz mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Spikerlar tomonidan Yer qa’ridan foydalanish markazi faoliyati, tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, tadbirkorlarga va yer qaʼri foydalanuvchilariga berilgan ruxsatnomalar, auksionga chiqarilgan maydonlar hamda 2024-yilda elektron savdolarga chiqariladigan uchastka maydonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, matbuot anjumani ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.