O‘zbekiston-Qatar hukumatlararo komissiyasining 1-yig‘ilishi va qo‘shma biznes-forum
2024-11-11 / Voqealar taqvimi
Joriy yilning 11-12 noyabr kunlari Doha shahrida O‘zbekiston-Qatar Hukumatlararo komissiyasining 1-yig‘ilishi va qo‘shma biznes-forum bo‘lib o‘tadi.
Keng ko‘lamli tadbirlar O‘zbekiston-Qatar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning barcha jabhalari bo‘yicha “soatlarni sinxronlashtirish”, o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, mustahkam kelishuv va shartnomalar tuzish imkonini beradi.
Eng muhimi, O‘zbekiston va Qatar tadbirkorlari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarining sezilarli darajada kengayishi kutilmoqda.