Asosiy kontentga o'tish

Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari bilan hamkorlik kengaytiriladi

2024-11-29 16:45:00 / Yangiliklar

Turkiyaning yirik qurilish kompaniyasi - “Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş.” bilan Migratsiya agentligi hamkorlikni kengaytiradi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbariyati va Turkiyaning “Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş.” kompaniyasi vakillari uchrashuvida aytildi.

Unda, ikki davlatning mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorligini tizimli davom ettirish, O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyadagi yirik qurilish loyihalariga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya 1974 yildan buyon qurilish, energetika va transport sohalarida Turkiyadagi muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan:

▪️ Istanbul aeroporti;

▪️ Bosfor ostidagi Marmaray temir yo‘l tunneli;

▪️ Karapinar quyosh elektr stansiyasi shular sirasiga kiradi.

Birinchi bosqichda, 60 nafar yurtdoshimiz shu yilning 1 dekabr kuni Turkiyaga uchib ketadi. Kelishuvga ko‘ra, yo‘l xarajatlari, turar joy, uch mahal issiq ovqat va maxsus kiyim va himoya vositalari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Shuningdek, yaxshi maosh, hamda mehnat huquqlari kafolatlanadi.

“Turkiyada ishga qabul qilinayotgan o‘zbekistonliklarning mehnat faoliyatini monitoring qilamiz va 2025 yil yanvar oyida 1 350 nafar mutaxassisni Turkiya bozorida ish bilan ta’minlaymiz”,

- dedi Akin Kırchichek, “Kalyon Insaat Sanayi Ve Ticaret A.Ş.” kompaniyasining inson resurslarini boshqarish direktori.

705

Oxirgi yangilanish: 2024-12-07 17:11:26

Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari bilan hamkorlik kengaytiriladi