Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari
2024-05-14 09:00:00 / Vazirlik yangiliklar
Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari davom etadi. Manzil Urganch shahri "Yangiobod" MFY hududida buyurtmachi "Shox montaj servis" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy obyekti.
Monitoring davomida bino qurilishida texnika xavsizligi me'yorlariga amal qilinmaganligi ya'ni bino lift shaxtalarining atrofi to'siqlar bilan o'ralmaganligi aniqlandi. Shu bilan bir qatorda binoning atrofi hamda ichki qismlari qurilish chiqindilaridan tozalanmagan. Lift shaxtasini qurish ishlari esa loyiha talablari asosida bajarilmagan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga "Qurilishda davlat nazorati" milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.