Qo'rg'ontepa tumani hokimligi

Qoʻrgʻontepa tumani — Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Shim.-gʻarbda Jalolquduq, janubi-gʻarbda Xoʻjaobod tumanlari, sharq, janubi-sharq va shim. da Qi-rgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,47 ming km²ga yaqin. Aholisi 237,3 ming kishi (2026). Tumanda 2 shahar (Qoʻrgʻontepa, Qorasuv) 2 shaharcha (Dardoq, Sultonobod) 3 qishloq fuqarolari yigʻini (Savay, Chimyon, Qoʻrgʻontepa) bor. Markazi — Qoʻrgʻontepa shahri
Tabiati. Qoʻrgʻontepa tumani Andijon viloyatining shimoli-sharqida, Fargʻona va Olay tizmalarining etak qismida joylashgan. Yer yuzasi sharqdan (balandligi 1000 m gacha) gʻarbga (500 m gacha) pasayib boruvchi togʻ oldi qiya tekisligidan va Toshohur, Suzoq adirlaridan iborat. Iqlimi kontinental; yozi issiq, qishi nisbatan sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvar da —2° dan —3° gacha, iyulda 26—26,5°. Eng past temperaturaqishda —24°, eng yuqori temperatura yozda 41°. Yiliga 250–400 mm yogʻin tushadi, asosiy qismi qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tuman hududidan Qoradaryo va uning tarmoqlari Shahrixonsoy va Qoragʻunon arigʻi, jan. chegarasidan Savay kanali oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqi boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra va boshqa, asosan, adirlarda va haydalmagan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan adirlarda boʻri, tulki, jayra, shuningdek, turli xil sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suvlarida baliqlar bor.
Manzil: Qo‘rg‘ontepa tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 1-uy
Tel: (+998 74) 723-10-00
Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00 dan 18:00 gacha
Tushlik: 13:00 dan 14:00 gacha
Mo‘ljal: Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi, tuman markazi
