Payshanba yoshlar kuni
2026-10-22 08:10:00 / Yangiliklar
✔️ Haftaning har payshanba kuni – Yoshlar kuni!
Yurtimizda yoshlar masalasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasi oʻlaroq, Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni – Yoshlar kuni etib belgilandi!
Endilikda Qoʻrgʻontepa tumani boʻylab haftaning har payshanba kunlari:
🟢Turli yoʻnalishlarda innovatsion loyihalar taqdimoti;
🟢Qiziqarli tanlov va musobaqalar;
🟢Madaniy-maʼrifiy tadbirlar;
🟢Rahbarlar va yoshlar uchrashuvlari;
🟢Startap va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari oʻtkazib boriladi!
Bu kun – oʻz isteʼdodingizni namoyon etish, yangi gʻoyalar bilan chiqish qilish va katta imkoniyatlar eshigini ochish kuni!
Hududingizdagi tadbirlarda faol ishtirok eting va kelajagingizni bugundan yarating!
Qo’rg’ontepa tuman hokimligi axborot xizmati
