Fariks o‘quv markazida olimpiada
2026-10-18 10:45:00 / Yangiliklar
Qo‘rg‘ontepa tumanida yoshlarning ilm olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yana bir bor amalda namoyon bo‘lmoqda. Tumandagi 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Fariks o‘quv markazida olimpiadaning hal qiluvchi bosqichi bo’lib o’tmoqdi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni ilmga qiziqtirishga qaratilgan ushbu musobaqa g‘oliblarini quyidagi qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda:
1-, 2- va 3-o‘rin egalariga — zamonaviy velosipedlar;
Faol ishtirokchilar uchun — Fariks o‘quv markazida o‘qish uchun 40, 50, 60 va 100 foizlik grantlar;
Eng yuqori natija ko‘rsatgan ustozga — kompyuter sovg‘a qilinadi.
Qo’rg’ontepa tuman hokimligi axborot xizmati







