Tashkiliy tuzilma

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21-oktabrdagi PF-186-sonli farmoni ijrosi to‘g‘risida
Kosonsoy tumanida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish, bu borada mahalliy boshqamvni “aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida takomillashtirish, tuman hokimligining dolzarb muammolarga tez yechim topish borasidagi vakolatlari va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, “0 ‘zbekiston -2030” strategiyasida ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalami izchil amalga oshirish hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21- oktabrdagi PF-186-sonli farmoni hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil31-dekabrdagi 853-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 24- moddalariga asosan, Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi,
QAROR QILADI:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21- oktabrdagi PF-186-son farmoni hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 853-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Namangan viloyat hokimining 2025-yil 30-oktabrdagi 550-6-0-Q/25- sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Mazkur Farmon bilan quyidagilar tuman hokimligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib:
“aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” tamoyilini hayotga to‘liq joriy etish maqsadida tuman hokimligini aholi va tadbirkorlarga kompleks xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy tuzilmaga transformatsiya qilish; mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etishda tuman hokimligining ma’muriy vakolatlarini yanada kengaytirish; tuman hokimining hududiy rivojlanishga oid ustuvor vazifalari va mas’uliyat doirasini aniq belgilash; hududlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish va o‘zaro tajriba almashishning samarali mexanizmlarini joriy qilish belgilangani inobatga olinsin.
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Kosonsoy tumanida mazkur Farmonning 1-ilovasiga muvofiq respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman bo‘linmalarining amaldagi maqomi, xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlari saqlangan holda tuman hokimligi tuzilmasiga o‘tkazilishi, yuridik shaxs maqomi bo‘lmagan tashkilotlar xarajatlari tegishli tuman hokimligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi m a’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
4. Tuman hokimligi: -ajratilgan mablag‘lar va xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida bo‘linmalarning shtat birliklarini mustaqil tasdiqlash va o‘zgartirish kiritish; -bo‘linmalar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, ularga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish huquqi berilgani inobatga olinsin.
5. Tajriba-sinov tatbiq etilayotgan tuman hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi va shtatlari tuman hokimining taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan m a’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
6. Tajriba-sinov tatbiq etilayotgan tuman hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida: tashkiliy-kadr, axborot-tahlil, ijro nazorati, axborot xizmati, energiya menejeri, raqamlashtirish ofisi, yuridik xizmat va moliya-iqtisod tarkibiy bo‘linmalari (lavozimlari); strategik vazifalarni hal etadigan, hokimlik faoliyatini tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan, boshqaruv apparati bo‘linmalari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradigan Ijro apparati rahbari lavozimi tashkil etilsin.
7. Tajriba-sinov davrida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: hokim o‘rinbosarlarining cheklangan soni tuman hokimligida 4 nafar etib belgilanadi; -hokimlarga hududni rivojlantirish rejalari,hudud ixtisoslashuvi va drayverlaridan kelib chiqib hokim o‘rinbosarlari mas’ul bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash huquqi beriladi; -tuman hokimining o‘rinbosarlari tuman hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari tuman Kengashining tasdig‘iga kiritiladi.
8. Har bir hokim o‘rinbosari o‘zi muvofiqlashtiradigan yo‘nalish bo‘yicha loyiha guruhlari tashkil etilishi mumkin. Bunda loyiha guruhlari: tegishli sohalarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoringini yuritish bilan shug‘ullanadi; loyiha yo‘nalishidan kelib chiqib, tuman tashkilotlari xodimlarini jalb qilish orqali tashkil etiladi; tuman hokimligi shtat birliklari 1 ta rahbarga kamida 3 ta xodim nisbatida shakllantiriladi.
9. Tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin va tuman hokimining 2025-yil 28-avgustdagi 365-6-80- Q/25-son qarorining 1-ilovasi o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining moliyaiqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (E.Toshpulatov) hamda tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari (H.Sharipov) va ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining barcha doimiy komissiyalari zimmalariga yuklansin.
