“Xalq qabulxonasi”da fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-10-20 17:50:00 / Yangiliklar
Bugun, 20 oktabr kuni Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirovning Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni eshitdi va yechimini muhokama qildi.

Murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi va har bir murojaatning hal etilishi nazoratga olindi. Qabul jarayonida fuqarolarga murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.


