Fuqarolar murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi
2026-10-19 14:55:00 / Yangiliklar
2026-yil 19-oktabr kuni Kosonsoy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Soibboev tomonidan Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning kamera o‘rnatish, maktab o‘quvchilari ro‘yxatlari bazasidagi muammolar, oilaviy nizolar hamda ijtimoiy himoya masalalariga oid murojaatlari atroflicha tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik doirasida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul idoralar aralashuvini talab etuvchi masalalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
