Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida
2026-09-01 17:30:00 / Yangiliklar


Mazkur qabullar fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi. Qabullar davomida bandlik, tadbirkorlik, kommunal xizmatlar, yer ajratish, uy-joy, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tuman rivoji uchun muhim omil sifatida o‘rganilib, tegishli tashkilot va mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilmoqda. Har bir murojaat qonuniy tartibda ko‘rib chiqilib, ijrosi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilmoqda.
Mazkur shaxsiy qabullar aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
