Kosonsoy tuman prokurori B.Sh.Mirzaevning tuman aholisiga murojaati
2026-08-22 17:25:00 / Yangiliklar

Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimiz amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori ijrosi natijasida mahallalarda jinoyatchilikni qariyb 1,5 baravarga kamaytirishga erishilganligini inobatga olgan holda, sheningdek, mazkur yo‘nalishda yaxlit ishlash tizimini joriy etish hamda mas’ul rahbarlarning vazifalarini belgilash maqsadida Prezidentimizning 2026 yil 5 yanvar kunidagi PQ-1 va PQ-2 sonli Qarorlari ishlab chiqilgan.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tumandagi jami 56 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 5 tasiga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan. (Yoshlik MFY-tuman prokurori, Do‘stlik MFY-tuman tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, Bog‘ishamol MFY-tuman hokimi, Chak MFY-tuman IIB boshlig‘i, Alisher Navoiy MFY-tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-JXX boshlig‘i).
Qaror ijrosi doirasida 2025 yil 12 oyi yakuniga ko‘ra tumandagi jami 56 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 6 tasiga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib ijroga qaratildi.
“Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 45 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisiga 360 daraja aylanuvchi 4 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 42 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 11 ta, jami bo‘lib 110 ga yaqin kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 45 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga
6 dan ortiq tashvish tugmalari o‘rnatildi, 18 ta savdo muassasalari va qariyb 97 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Ob’ekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 526 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 16 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 12 ta “namunaviy xavfsiz o‘y” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 100 ta yoritish vositalari bilan ta’minlandi.
Olib borilgan ijobiy ishlarimiz o‘z samarasini bermoqda,
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda bo‘lgan 4 nafar, jazodan bo‘yin tovlab kelayotgan probatsiya hisobidagi 3 nafar shaxs ushlandi. Shuningdek, 7 ta jinoyat “issiq izi”dan fosh etildi.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlar yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilib, jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman mahallalarida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, “Yo‘l xarita” doirasida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida 324 marta manzilli targ‘ibot ishlari olib borildi. Tumanimizda yashovchi yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida jami 110 marta turli tadbirlar o‘tkazildi. 15 nafar yoshlarni bandligi ta’minlandi. 215 nafar yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. 45 nafar yoshlarga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, tumanimizdagi “Qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilgan ko‘chalardagi ro‘yxati shakllantirilgan savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish yuzasidan 91 ta arizalar olindi. Aholini firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida 104 marta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2026 yil 3-chorak uchun ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Shuningdek, tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izi”dan fosh etish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan,
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida qidiruvda bo‘lgan jami 83 nafar shaxslarning 47 foizi yoki 39 nafari ushlanishiga erishildi. Sodir etilgan jami 167 ta jinoyatlarning 145 tasi fosh etilib jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Aniqlanadigan jinoyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak,
2026 yilning 7 oyi davomida jami 93 ta jinoyatlar fosh etilgan bo‘lib, shundan, 42 ta giyohvandlik yo‘nalishida, 7 ta fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish, 2 ta odam savdosi, 11 ta noqonuniy qurol saqlash, 10 ta ekstremizm bilan bog‘liq, 1 ta valyuta qimmatliklarini noqonuniy aylanmasi, 1 ta poraxo‘rlik jinoyatlarini tashkil etgan.
Hurmatli fuqarolar!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jinoyatchilikka karshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ichki ishlar organlarida keng qo‘lamli islohotlar amalga oshirilmokda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2025 yil 18 martdagi PQ-111-sonli qarorida hududlarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, sodir etilayotgan jinoyatlarni ob’ektiv va sub’ektiv sabablarini aniqlash va kechiktirib bo‘lmaydigan manzilli chora-tadbirlarni belgilash ko‘rsatib o‘tilgan.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tuman IIBda idoralararo "Ishchi guruhi" tashkil etilib faoliyat olib bormoqda.
“Ishchi guruh” tomonidan sutka davomida sodir etilgan jinoyatlar tafsilotlari tahlil qilinib, bunda ijtimoiy maishiy tusdagi jinoyatlarga aloxida e’tibor karatilmoqda.
Har hafta yakunida ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabab va sharoitlari o‘rganilib, ularni keltirib chiqargan omillari aniqlashtirilib, ijtimoiy profilaktikaga mas’ul tashkilot rahbarlarining harakatsizligiga nisbatan choralar kurilishi ta’minlanmoqda.
Birok, tumandagi mas’ul rahbarlar tomonidan bu vazifaga panja ortidan karab kelayotganliklari natijasida tuman xududida ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlar ortib borayotganligini kuzatish mumkin.
Ijtimoiy maishiy muammolarni bartarf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi natijasida tuman hududida joriy yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra tuman hududida 2 (2)ta qotillik, 26 (304)ta o‘g‘irlik, 1 (2)ta oilaviy maishiy zo‘ravonlik, 3 (9)ta firibgarlik, 9 (6)ta bezorilik, 1 (0)ta yengil tan jarohati yetkazish, 9 (14)ta yo‘l-transport hodisalari jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi.
Kelgusida hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mutasaddi tashkilot va muassasalar va jamoatchilik tuzilmalari bilan hamikorlikda tusman hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan oilaviy maishiy tusdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish lozim deb bilaman.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2026 yil 7 oyida Kosonsoy tumanida 167 ta (331) jinoyatlar sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan -49.5 foiz yoki 164 taga kamaygan.
Jami jinoyatlarning:
–62 tasi (37,2 foizi) oldi olinishi lozim bo‘lgan;
–93 tasi (55.7 foizi) aniqlangan;
–12 tasi (7,1 foizi) AKT jinoyatlari tashkil etadi.
Oldini olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar 62 ta (74) sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan
12 taga yoki 16.3 % ga kamaygan.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar Kosonsoy tumani o‘rtacha 70,4 tadan to‘g‘ri kelgan. (ijlbiy 1-o‘rin).
Jinoyat turlaridan:
-nomusga tegish 100 foizga (0/1),
-bezorilik 50 foizga (6/9),
-o‘lim bilan tugagan YTX 100 foizga (2/4) oshgan.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
-Ayollar tomonidan 50 foizga (2/3),
-mast holatda 100 foizga (1/2) oshgan.
-voyaga yetmaganlar (5/5) teng holatda.
-yoshlar 27,8 foizga (18/13) kamaygan,
-muqaddam sudlanganlar 71,4 foizga (7/2) kamaygan,
-ishlamaydiganlar (1/1) ) teng holatda.
Tumandagi 56 ta mahallalalarning 39 tasida umuman jinoyat sodir etilmasdan “yashil”,
15 tasida jinoyatlar sodir etilib “sariq”, 2 tasidan ko‘p jinoyatlar sodir etilib “qizil”, toifaga kiritilgan.
Qizil toifadagi mahalla: Fayziobod, Yangi O‘zbekiston;
Kosonsoy tumani hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan 2026 yilga mo‘ljallangan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi” tasdiqlash uchun taqdim etilmoqda.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik ko‘magida jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beramiz.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar ta’minlanishiga shaxsan kafolat beraman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
