Hokim o‘rinbosarining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-08-21 20:40:00 / Yangiliklar
2026 yil 21 avgust kuni Kosonsoy tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari E.Toshpo‘latov tomonidan Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabulda jarimani bekor qilish va ijtimoiy himoya masalalariga oid murojaatlar ko‘rib chiqilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
