Yozgi ta'til — quvonch va taassurotlarga boy onlar!
2026-07-26 18:55:00 / Yangiliklar
Kosonsoy tumanidagi "SOHIL" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi mavsum qizg‘in davom etmoqda.
Bu yerda bolalar zamonaviy sharoitlarda dam olib, sport, ijod va turli to‘garaklar orqali vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.
Namangan viloyati hokimligi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan press-tur davomida oromgohda yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.
