Kosonsoyda ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi jadallashtirildi
2026-07-28 17:50:00 / Yangiliklar
Kosonsoy tumanining Tagijar mahallasida ichimlik suvi tarmog‘ini qurish ishlari jadallashtirilib, doimiy nazoratga olindi. Loyihani qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida ob’ektga qo‘shimcha maxsus texnikalar hamda 10 nafar malakali ishchi jalb etildi.

Loyiha doirasida 24 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 1 036 ta xonadonda yashovchi 5 013 nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Ayni paytda qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ishlarni belgilangan muddatdan oldin yakunlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Yaqin kunlarda aholi sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
