Yoshlar festivali: maroqli hordiq, mazmunli ta’til va kelajak sari qadam
2026-07-09 23:30:00 / Yangiliklar

Kosonsoy tumani “Yangi yo‘l” mahallasida joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabida mazkur tadbirlar doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik va rasmlar tanlovlari, shuningdek, shaxmat-shashka, kurash, gandbol hamda futbol musobaqalari, ingliz tili, axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Shuningdek, Yoshlar festivali doirasida madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlar, iqtidorli yoshlarning ijodiy chiqishlari, oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchi tashkilotlar ko‘rgazmasi, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, ishtirokchilarga ta’lim, kasb tanlash va ish bilan ta’minlanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi.
Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Aliev, tuman hokimi Dilmurod Qodirov, tuman IIB boshlig‘i B. Qosimov va boshqa mas’ullar tadbirlar jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning bilimga chanqoqligi, fikrlash doirasi, jamoada ishlash ko‘nikmalari hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning kasb tanlashi va bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
