Kosonsoy tumanida bitiruvchi qizlarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-08 14:45:00 / Yangiliklar
Kosonsoy tumani Madaniyat markazida Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Dinara Yakubova ishtirokida bitiruvchi qizlarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda tuman mutasaddilari, targ‘ibot guruhi a’zolari, tuman bosh imom-xatibi, mahalla otinoyilari, nuroniylar hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida erta nikoh va erta turmushning oldini olish, bitiruvchi qizlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, ta’lim olishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berilib, tegishli tavsiyalar bildirildi.
Tadbir yakunida ota-onalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
