“Xalq qabulxonasi”da fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-07-07 18:50:00 / Yangiliklar
Bugun, 7 iyul kuni Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirov, tuman IIB boshlig‘i B.Qosimov hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xolmatovning Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni eshitdi va yechimini muhokama qildi.

Muloqotda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, sog‘liqni tiklash, yer masalalari, kadastr bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi va har bir murojaatning hal etilishi nazoratga olindi. Qabul jarayonida fuqarolarga murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.







