Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-06-29 09:40:00 / Yangiliklar
Yoshlar oyligi doirasida Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirovning mahalla yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, yoshlar muammolarini manzilli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
