Kosonsoy tuman IIB boshlig‘i B.A. Qosimovning tuman aholisiga murojaati
2026-05-25 14:10:00 / Yangiliklar

Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarorida belgilab berilgan vazifalar bilan faoliyatimizni tubdan o‘zgartirib, umuman yangicha tizim yaratib berildi.
Qaror talablaridan kelib chiqib barcha darajadagi rahbarlarga
“Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilanganligi, mahallalardagi muammolarni yechimini topishga hamda xavfsiz muhitni yaratishga asosiy turtki bo‘ldi.
Bundan kelib chiqib, har bir jinoyatni kelib chiqish mexanizmi, sabablari va omillarini aholiga yetkazish orqali ularni huquqbuzarliklarga qarshi immunitetini shakllantirib, bir qator tezkor-profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Aziz Kosonsoy tuman ahli!
“Yangi O‘zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Kosonsoy tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta taʼsir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilayapti.
Tuman hududida 2026-yilning 4 oyi yakuni bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlarning tahliliga qaraydigan bo‘lsak,
Tumanda umumiy jinoyatchilik 42 (138/80) foizga, shundan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 24 (41/31) foizga, mahallada oldini olish mumkkin bo‘lganlari esa 31 (23/16) foizga kamaydi.
Tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan o‘g‘rilik 11 (18/11) foizga va yo‘l transport hodisalari 14 (7/6) foizga kamayishiga erishildi.
Shuningdek, og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, talonchilik, bosqinchilik, transport vositasini olib qochish, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar umuman sodir etilmadi.
Alohida toifadagi shaxslar jinoyatiga esa chek qo‘yilib, o‘tgan chorak davomida ayollar, voyaga yetmaganlar, muqaddam sudlangan, ishsizlar va mastlar tomonidan jinoyatlarga qo‘l urilmadi.
Biroq, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyat 2 taga to‘g‘ri kelib,
(9/2) o‘tgan yilga nisbatan 7 taga kamaydi.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar Kosonsoy tumanida o‘rtacha
33,7 tadan to‘g‘ri kelgan.
Tumandagi 56 ta mahallalardan 1 tasi “qizil”, 8 tasi “sariq” va 47 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
Qizil toifadagi mahallalar: Bog‘ ko‘cha.
Oldini olish mumkin bo‘lgan eng ko‘p jinoyatlar o‘g‘rilik (11), bezorilik (6), firibgarlik (3), qasddan badanga yengil shikast yetkazish (2) kabi jinoyatlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Qidiruvdagi 60 nafar shaxslarning 48 nafari ushlanmasdan qolgan.
Qadrli yurtdoshlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
“respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning sabablarinijj “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qaror ijrosi doirasida 2026-yil 4 oyi yakuniga ko‘ra tumandagi jami
56 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 6 tasiga masʼul rahbar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan 37 dan ortiq videokuzatuv, PTZ va avtoraqamlarni tanib oluvchi kameralar, 40 ta zamonaviy “domofon”lar, 150 ta tashvish tugmalari o‘rnatildi, 150 ta ob’ektlar texnik qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda 15 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va 10 ta “namunaviy xavfsiz uy” tashkil etildi.
Shuningdek, “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan hududlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatilishi va tungi reyd tadbirlarini o‘tkazilishi jadallashtirilib, fuqarolarga mol-mulklarini qarovsiz holda qoldirmasliklari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan.
Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.
Hurmatli fuqarolar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik ko‘magida jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beramiz.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Etiboringiz uchun rahmat!
Kosonsoy tuman IIB boshlig‘i B.A.Qosimov
