Kosonsoy tuman prokurori K.Askarovning tuman aholisiga murojaati
2026-05-25 14:00:00 / Yangiliklar

Kosonsoy tuman prokurori K.Askarovning
tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari !
Barchaga ma’lumki, Davlatimiz Rahbari tomonidan aholi osoyishtaligi va xavfsiz hayotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida keng qamrovli amaliy chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Barcha soxalarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib, isloxotlar amalga oshirilmoqda.
Tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Aziz Kosonsoy tuman ahli!
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini ta’minlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish borasida choralar ko‘rilayapti.
Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimizning joriy yil
5 yanvardagi qabul qilingan yangi PQ - 1 va 2-sonli qarorlari bilan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yangi vazifalarimizni belgilab berdi.
Qarorlar bilan, “jinoyatchilik faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishi” degan eskicha fikrdan mutlaqo voz kechib, jinoyatchilikni oldini olish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar, profilaktikaga ko‘maklashuvchi tashkilotlarning barcha kuch - vositalari, hokimu - prokurorlardan boshlab mahallalardagi mutasaddi-largacha bo‘lgan barcha tizimlar biriktirildi.
Qaror mazmun - mohiyatini joylarda seminarlar tashkil etib, barcha mutasaddi idoralarga yetkazdik va nazorat olib boryapmiz.
Meni rahbarligimda tuman idoralararo muvofiqlashtirish
Shtab hamda ishchi guruhi a’zolari ham tasdiqlanib, mas’ullarga aniq javobgarlik yuklandi.
Shtab tomonidan 1 – chorak uchun 277 ta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarning rejasi 100 foizga bajarilib, har bir mas’ullar tomonidan elektron platformaga joylandi.
Shu bilan birga, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda aholining ijtimoiy - maishiy muammolarini hal etish borasida mahalliy hokimliklarning mas’uliyati oshirildi.
Natijada, o‘tgan 4 oyda umumiy jinoyatchilik 42 (138/80) foizga, shundan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 24 (41/31) foizga, mahallada oldini olish mumkkin bo‘lganlari esa 31 (23/16) foizga kamaydi.
Tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan o‘g‘rilik
11 (18/11) foizga va yo‘l transport hodisalari 14 (7/6) foizga kamayishiga erishildi.
Shuningdek, og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, talonchilik, bosqinchilik, transport vositasini olib qochish,
o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar umuman sodir etilmadi.
Alohida toifadagi shaxslar jinoyatiga esa chek qo‘yilib,
o‘tgan chorak davomida ayollar, voyaga yetmaganlar, muqaddam sudlangan, ishsizlar va mastlar tomonidan jinoyatlarga qo‘l urilmadi.
Biroq, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyat 2 taga to‘g‘ri kelib, (9/2) o‘tgan yilga nisbatan 7 taga kamaydi.
Hurmatli Kosonsoyliklar!
Hozirda 2 – chorak bo‘yicha ishlab chiqilgan mahalla va tuman miqyosidagi “YO‘L XARITALARI” bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
PQ – 1 – son Qaror doirasida 37 dan ortiq videokuzatuv,
PTZ va avtoraqamlarni tanib oluvchi kameralar, 40 ta zamonaviy “domofon”lar, 150 ta tashvish tugmalari o‘rnatildi, 150 ta ob’ektlar texnik qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda 15 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va 10 ta
“namunaviy xavfsiz uy” tashkil etildi.
Shuningdek, “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan hududlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatilishi va tungi reyd tadbirlarini o‘tkazilishi jadallashtirilib, fuqarolarga mol-mulklarini qarovsiz holda qoldirmasliklari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Albatta, mahalla hududida sodir etilayotgan jinoyat har birimizni tashvishga solishi va uning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni har bir mutasaddi idoralar bilan birgalikda samarali tashkil qilishimiz asosiy vazifalardan bo‘lib kelmoqda.
Qayd etilayotgan davrda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 16 tasi mahalla hududida sodir etildi.
Mahallalarda sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, 31 ta jinoyatlar bo‘yicha 24 ta tegishli prokuror ta’sir choralari qo‘llanildi va faoliyati davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelgan mas’ul xodimlar intizomiy javobgarlik masalasi hal qilib kelinmoqda.
Bu boradagi amaliy tadbirlarimiz davom etib, kelgusida mahalla hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va omillarini aniqlash hamda ularni o‘z vaftida bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar ko‘rib boriladi.
Hurmatli Kosonsoyliklar!
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi
ham ko‘proq e’tibor berishi lozim bo‘lgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak bo‘lgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar ko‘proq
pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yo‘llarini ham o‘ylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda
axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo etdi.
Ma’lumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 100 dan ortiq murojaat kelib tushib, ular bo‘yicha tergovga qdar tekshiruvlar olib borilgan va tuman IIB tomonidan 6 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning asosiy salmog‘ini o‘g‘rilikni tashkil qilgan.
So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan.
Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.
Aziz tumandoshlar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur,
buning ustida ishlayapmiz.
Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga e’tiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida e’tibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar ta’minlanishiga shaxsan kafolat beraman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
