Kosonsoy tuman prokurori Q.Asqarovning tuman aholisiga murojaati
2026-04-24 10:50:00 / Yangiliklar

Kosonsoy tuman prokurori Q.Asqarovning tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarliklarida barcha sohalar kabi ichki ishlar sohasida ham juda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida sohaga oid 25 ta Prezident farmonlari, 70 ta Prezident qarorlari, 150 dan ortiq Vazirlar Mahkamasini qarorlari qabul qilindi.
Prezidentimiz amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori ijrosi natijasida mahallalarda jinoyatchilikni qariyb 1,5 baravarga kamaytirishga erishilganligini inobatga olgan holda, sheningdek, mazkur yo‘nalishda yaxlit ishlash tizimini joriy etish hamda mas’ul rahbarlarning vazifalarini belgilash maqsadida Prezidentimizning 2026 yil 5 yanvar kunidagi PQ-1 va PQ-2 sonli Qarorlari ishlab chiqilgan.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tumandagi jami 56 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 5 tasiga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan. (Yoshlik MFY-tuman prokurori, Do‘stlik MFY-tuman tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, Bog‘ishamol MFY-tuman hokimi, Chak MFY-tuman IIB boshlig‘i, Alisher Navoiy MFY-tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-JXX boshlig‘i).
Qaror ijrosi doirasida 2024 yil 12 oyi yakuniga ko‘ra tumandagi jami 56 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 6 tasiga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib ijroga qaratildi.
“Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 14 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisiga 360 daraja aylanuvchi 2 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 13 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 1 ta, jami bo‘lib 40 ga yaqin kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 37 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 4 dan ortiq tashvish tugmalari o‘rnatildi, 12 ta savdo muassasalari va qariyb 60 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Ob’ekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 340 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 14 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 11 ta “namunaviy xavfsiz o‘y” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 70 ta yoritish vositalari bilan ta’minlandi.
Olib borilgan ijobiy ishlarimiz o‘z samarasini bermoqda,
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda bo‘lgan 2 nafar, jazodan bo‘yin tovlab kelayotgan probatsiya hisobidagi 2 nafar shaxs ushlandi. Shuningdek, 3 ta jinoyat “issiq izi”dan fosh etildi.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlar yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilib, jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman mahallalarida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, “Yo‘l xarita” doirasida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida 123 marta manzilli targ‘ibot ishlari olib borildi. Tumanimizda yashovchi yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida jami 57 marta turli tadbirlar o‘tkazildi. 2 nafar yoshlarni bandligi ta’minlandi. 115 nafar yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. 19 nafar yoshlarga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, tumanimizdagi “Qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilgan ko‘chalardagi ro‘yxati shakllantirilgan savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish yuzasidan 31 ta arizalar olindi. Aholini firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida 54 marta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2026 yil 1-chorak uchun ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Shuningdek, tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izi”dan fosh etish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan,
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida qidiruvda bo‘lgan jami 32 nafar shaxslarning 15,6 foizi yoki 5 nafari ushlanishiga erishildi. Sodir etilgan jami 60 ta jinoyatlarning 98,3 foizi yoki 59 tasi fosh etilib jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Aniqlanadigan jinoyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak,
2026 yilning 3 oyi davomida jami 34 ta jinoyatlar fosh etilgan bo‘lib, shundan, 8 ta giyohvandlik yo‘nalishida, 6 ta fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish, 1 ta odam savlosi, 6 ta noqonuniy qurol saqlash, 3 ta ekstremizm bilan bog‘liq, 1 ta valyuta qimmatliklarini noqonuniy aylanmasi, 1 ta hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyatlarini tashkil etgan.
Hurmatli fuqarolar!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jinoyatchilikka karshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ichki ishlar organlarida keng qo‘lamli islohotlar amalga oshirilmokda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2025 yil 18 martdagi PQ-111-sonli qarorida hududlarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, sodir etilayotgan jinoyatlarni ob’ektiv va sub’ektiv sabablarini aniqlash va kechiktirib bo‘lmaydigan manzilli chora-tadbirlarni belgilash ko‘rsatib o‘tilgan.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tuman IIBda idoralararo "Ishchi guruhi" tashkil etilib faoliyat olib bormoqda.
“Ishchi guruh” tomonidan sutka davomida sodir etilgan jinoyatlar tafsilotlari tahlil qilinib, bunda ijtimoiy maishiy tusdagi jinoyatlarga aloxida e’tibor karatilmoqda.
Har hafta yakunida ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabab va sharoitlari o‘rganilib, ularni keltirib chiqargan omillari aniqlashtirilib, ijtimoiy profilaktikaga mas’ul tashkilot rahbarlarining harakatsizligiga nisbatan choralar kurilishi ta’minlanmoqda.
Birok, tumandagi mas’ul rahbarlar tomonidan bu vazifaga panja ortidan karab kelayotganliklari natijasida tuman xududida ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlar ortib borayotganligini kuzatish mumkin.
Ijtimoiy maishiy muammolarni bartarf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi natijasida tuman hududida joriy yilning 3 oyi yakunlariga ko‘ra tuman hududida 1 (0)ta qotillik, 6 (9)ta o‘g‘irlik, 2 (2)ta oilaviy maishiy zo‘ravonlik jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi.
Kelgusida hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mutasaddi tashkilot va muassasalar va jamoatchilik tuzilmalari bilan hamikorlikda tusman hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan oilaviy maishiy tusdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish lozim deb bilaman.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2026 yil 3 oyida Kosonsoy tumanida 60 ta (75) jinoyatlar sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan 20 foiz yoki 15 taga kamaydi.
Jami jinoyatlarning,
–20 tasi (33,3 foizi) oldi olinishi lozim bo‘lgan;
–34 tasi (56,7 foizi) aniqlangan jinoyatlarni;
–6 tasi (10,5 foizi) tashkil etdi.
Kosonsoy tumanida umumiy 60 ta jinoyatlarning 20 tasini (33,3%) oldi olinishi mumkin bo‘lgan 11 ta turdagi jinoyatlar tashkil etib, ularning soni avvalgi yilga nisbatan 13 foizga yoki 3 taga kamaygan (23/20).
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar turlari bo‘yicha,
-qotillik 100 foizga (0/1),
-firibgarlik 200 foizga (0/3),
-yengil TJE 100 foizga (0/1),
-o‘lim bilan tugugan YTX 100 foizga (0/1)oshishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa,
-bezorilik (1/1) teng holatda saqlandi,
-o‘g‘irlik 33,3 foizga (9/6),
-bosqinchilik 100 foizga (1/0),
-jami YTXlar 14,3 foizga (7/6) kamayishiga erishildi.
Og‘ir TJE, Nomusga tegish, Talonchilik, AMT olib qochish, O‘rtacha og‘ir TJE jinoyatlari etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
-guruhlar tomonidan (1/1) kamaymagan;
-yoshlar tomonidan 75 foizga (4/1);
-sudlanganlar tomonidan 100 foizga (1/0) kamaydi.
Voyaga yetmaganlar, Mast holatda, Ayollar va Ishlamaydiganlar tomonidan jinoyat sodir etilmadi.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar Kosonsoy tumanida o‘rtacha 25,3 tadan to‘g‘ri kelgan.
Tumandagi 56 ta mahallalardan 1 tasi “qizil”, 6 tasi “sariq” va 49 tasi “yashil” toifaga kiritildi.
Qizil toifadagi mahalla: Bog‘ko‘cha.
Mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan eng ko‘p jinoyatlar Iftixor (2 ta oldi olinadigan, 1 ta o‘g‘irlik, 1 ta boshqa) mahallarida sodir etildi.
Kosonsoy tumani hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan 2026 yilga mo‘ljallangan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi” tasdiqlash uchun taqdim etilmoqda.
Bugungi kunda, Kosonsoy tuman Ichki ishlar bo‘limidagi barcha xodimlar, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bekamu-ko‘st bajarib, tumanimizda tinchlik-osoyishtalikni va jamoat xavfsizlikni ta’minlashda tunu-kun xizmat qilib, xalqimiz va Prezidentimizga qilgan qasamyodlariga sodiq qoladilar-deb sizlarga va’da beraman.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik ko‘magida jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beramiz.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar ta’minlanishiga shaxsan kafolat beraman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
