Mahalla hodimlari kuniga tabrik so‘zi
2026-03-22 00:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alekum Hurmatli mahalla tizimi fidoyilari!
Sizlarni 22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Yurtimizda 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi bejiz emas. Zero, mahalla — bu xalq bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin va ishonchli ko‘prikdir.
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek:
“Mahalla — bu faqat hududiy birlik emas, balki inson qadri ulug‘lanadigan, aholi muammolari hal etiladigan, jamiyat tayanchi bo‘lgan muhim maskandir.”
Darhaqiqat, siz azizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli mahallalarda tinchlik, hamjihatlik va mehr-oqibat muhiti mustahkamlanmoqda. Har bir xonadonning dardi bilan yashab, xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotganingiz alohida e’tirofga loyiqdir. Bugungi kunda sizlarning zimmaningizdagi mas’uliyat yanada ortib, mahallalarni obod qilish, aholining muammolarini joyida hal etish, yoshlarni tarbiyalash va ijtimoiy himoyani kuchaytirishda beqiyos xizmat qilmoqdasiz.
Yurtimizda nishonlanayotgan ushbu bayram yasharish va yangilanish, mehr-oqibat ayyomi – Navro‘z tantanalari davom etayotgan mana shunday shukuhli kunda o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Mahalla – asrlar osha milliy urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlab, xalqimiz uchun ezgulik va tarbiya beshigi, yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik maskani bo‘lib kelmoqda. Biz mahalla deganda, dunyoda kamdan kam uchraydigan, insonni jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashga o‘rgatib, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalaydigan, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajaradigan noyob tuzilmani tushunamiz.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari bu davrda soha rivojiga doir 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, har bir hududda Obod va xavfsiz mahalla tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etilganini alohida qayd etish lozim. Shu qatori tumanimizda xam bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan: Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inilarini moddiy texnika bazasini mustaxkamlash maqsadida 42 ta mahallalarga kompyuter jamlamasi uchun 292 mln 598 ming so‘m, 50 ta mahallalarga printer uchun
193 mln 123 ming so‘m, 18 ta mahallalarga konditsioner uchun 120 mln so‘m, 15 ta mahallalarga mebel jixozlari uchun 42 mln so‘m, 19 ta mahallalarni xizmat binolarini ta’mirlash uchun 106 mln 540 ming so‘m, 21 ta mahallalar binosiga hamda
1 nafar kam ta’minlangan honadonga quyoshli panel o‘rnatish uchun 450 mln so‘m, 46 ta mahallalarning kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish uchun 125 mln 551 ming so‘m, 23 ta mahallalarda tungi yoritish chiroqlari uchun 229 mln 573 ming so‘m, 15 ta mahallalarda yong‘inga qarshi jixozlari uchun 32 mln so‘m, 6 ta mahallalarga kuzatuv kameralari uchun 17 mln 600 ming so‘m, hamda 25 ta mahallarga obodonlashtirish jihozlari olib foydalanilish uchun 23 mln 471 ming so‘m mablag‘ sarflandi.
Mahalla hodimlari kuni munosabati bilan Xonqo‘rg‘on mahallasining yangi xizmat binosi foydalanishga topshirildi. Hozirda Shirinbuloq, Zamondosh, Majnuntol, Chorbog‘ va S.Sheroziy mahallalari uchun xizmat binosi qurish ishlari olib borilmoqda.
Aziz do‘stlar! Bugungi keskin va shiddatli globallashuv davrida yurtimizda o‘zaro ahillik va totuvlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashda mahallalarning o‘rni va nufuzi tobora ortib bormoqda. Ayni paytda ushbu tizimning nufuzi va faoliyati samarasini kuchaytirish, uni fuqarolar o‘z fikri va dardini, taklif-tavsiyalarini erkin aytadigan, muammosiga yechim topadigan chinakam xalqchil idoraga aylantirish har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizda bir bolaga yetti mahalla ota-ona, degan gap bejiz aytilmagan. Farzandlarimizning ma’naviy barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi, yosh oilalarning mustahkam oyoqqa turib olishida ushbu tuzilmaning rolini yana-da oshirish, ezgu ishlarimizni izchil davom ettirish bugungi kun talabidir. Mahalla raisi faol islohotchi sifatida, avvalo, zamon bilan hamqadam bo‘lishi, o‘z bilim va malakasini doimiy oshirib borish haqida o‘ylashi, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon”
mezonlarini hayotga tatbiq etish, turli ijtimoiy muammolarni hal qilish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni tadbirkorlik markazlariga aylantirish choralarini ko‘rishi darkor. Xalqimizni hayotdan rozi qilishdek ulug‘vor maqsadga erishish yo‘lida biz islohotlarni mahallabay asosda amalga oshirish, barcha qishloq va mahallalarimizni jadal rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor qaratmoqdamiz. Hurmatli mahalla tizimi xodimlari! Muhtaram faxriylarimiz! Xalq ishonchini oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf hammangizga nasib etsin! Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor muborakbod etar ekanman, barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayz-u baraka, mas’uliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.
E’tiboringiz uchun raxmat!
