Yangi yutuq – yangi marralar sari!
2026-04-01 10:30:00 / Yangiliklar

▫️Joriy yilning 23–25 mart kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Ziyoli avlod” xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Khiva Art Fest – 2026” xalqaro ijodiy tanlovida Namangan viloyati Kosonsoy tumanining 3- va 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
▫️Xususan, 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabidan Begzodbek Turdaliev (an’anaviy xonandalik yo‘nalishi, 45-sonli “Nurli maskan”), Shodiya Islomjonova (an’anaviy xonandalik yo‘nalishi, 8-maktab), Jahongirxon Sirochxonov (estrada yo‘nalishi, 22-maktab), Zarifjon Ibrohimov (estrada yo‘nalishi, 5-maktab), Nafisa Adashboeva (amaliy san’at, 8-maktab)lar 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Safina Qahramonova (an’anaviy xonandalik yo‘nalishi, 22-maktab), Zuhra Solijonova (an’anaviy xonandalik yo‘nalishi, 42-maktab), Abduqodir Siddiqjonov (amaliy san’at, 31-maktab) 2-o‘ringa loyiq topildi.
▫️Shuningdek, 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabidan Muslima Hamidullaeva (an’anaviy xonandalik yo‘nalishi, 28-maktab), Durdona Karimova (xoreografiya yo‘nalishi, 28-maktab), Nigora Rahimova (an’anaviy cholg‘u yo‘nalishi, 28-maktab), Noila Daliboeva (teatr yo‘nalishi, 28-maktab) nominatsiyalari g‘olibi bo‘lishdi.
Biz uchun yana bir quvonchli voqea — Kosonsoy tumanidagi 45-sonli “Nurli maskan” maktab-internati 5-sinf o‘quvchisi Turdaliev Begzodbek esa mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Gran-pri” sohibi bo‘ldi hamda Italiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ushbu muvaffaqiyat, avvalo, o‘quvchilarning intiluvchanligi, mehnatsevarligi, sabr-toqati hamda Arslonbek Sahadullaev, Zamira Qodirova, Xurshida Mamayunusova, G‘ofurjon Abdurahimov, Sidiqajon Hakimova (4-sonli bolalar musiqa san’at maktabi) hamda Hurriyat To‘xtamirzaeva, Zilola Salahiddinova, San’atjon Qo‘chqorova, Abdurauf Rahimov, Obidjon Azimov, Abdug‘ofur Ashurov, Saidjon Boboev (3-sonli bolalar musiqa san’at maktabi) kabi ustozlarining fidokorona mehnati samarasidir.
Kosonsoy tumani hokimligi Axborot xizmati.
