Kosonsoy tuman IIB boshlig‘i B.A.Qosimovning tuman aholisiga murojaati
2026-03-25 10:50:00 / Yangiliklar

Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarliklarida barcha sohalar kabi ichki ishlar sohasida ham juda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida sohaga oid 25 ta Prezident farmonlari, 70 ta Prezident qarorlari, 150 dan ortiq Vazirlar Mahkamasini qarorlari qabul qilindi.
Prezidentimiz amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori ijrosi natijasida mahallalarda jinoyatchilikni qariyb 1,5 baravarga kamaytirishga erishilganligini inobatga olgan holda, sheningdek, mazkur yo‘nalishda yaxlit ishlash tizimini joriy etish hamda mas’ul rahbarlarning vazifalarini belgilash maqsadida Prezidentimizning 2026 yil 5 yanvar kunidagi PQ-1 va PQ-2 sonli Qarorlari ishlab chiqilgan.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tumandagi jami 56 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 5 tasiga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Qaror ijrosi doirasida 2024 yil 12 oyi yakuniga ko‘ra tumandagi jami 56 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 6 tasiga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib ijroga qaratildi.
“Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 14 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisiga 360 daraja aylanuvchi 2 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 13 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 1 ta, jami bo‘lib 40 ga yaqin kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 37 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 4 dan ortiq tashvish tugmalari o‘rnatildi, 12 ta savdo muassasalari va qariyb 60 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Ob’ekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 340 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 14 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 11 ta “namunaviy xavfsiz o‘y” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 70 ta yoritish vositalari bilan ta’minlandi.
Olib borilgan ijobiy ishlarimiz o‘z samarasini bermoqda,
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, jazodan bo‘yin tovlab kelayotgan probatsiya hisobidagi 1 nafar shaxs ushlandi. Shuningdek, 2 ta jinoyat “issiq izi”dan fosh etildi.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlar yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilib, jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman mahallalarida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, “Yo‘l xarita” doirasida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida 91 marta manzilli targ‘ibot ishlari olib borildi. Tumanimizda yashovchi yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida jami 46 marta turli tadbirlar o‘tkazildi. 2 nafar yoshlarni bandligi ta’minlandi. 96 nafar yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. 16 nafar yoshlarga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi. Jami 18 nafar muqaddam sudlangan va ma’muriy nazoratda turgan shaxslar o‘rganildi. Ushbu shaxslarning 2 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 8 nafarini bandligi ta’minlandi, 8 nafarini ijtimoiy muammolari hal etildi.
Bundan tashqari, tumanimizdagi “Qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilgan ko‘chalardagi ro‘yxati shakllantirilgan savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish yuzasidan 21 ta arizalar olindi. Aholini firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida 44 marta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2026 yil 1-chorak uchun ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izi”dan fosh etish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan,
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida qidiruvda bo‘lgan jami 30 nafar shaxslarning 14 foizi yoki 4 nafari ushlanishiga erishildi. Sodir etilgan jami 38 ta jinoyatlarning 97,3 foizi yoki 37 tasi fosh etilib jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Aniqlanadigan jinoyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak,
2026 yilning 2 oyi davomida jami 18 ta jinoyatlar fosh etilgan bo‘lib, shundan, 4 ta giyohvandlik yo‘nalishida, 2 ta fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish, 1 ta odam savlosi, 3 ta noqonuniy qurol saqlash, 2 ta ekstremizm bilan bog‘liq, 1 ta valyuta qimmatliklarini noqonuniy aylanmasi, 1 ta hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyatlarini tashkil etgan.
Hurmatli fuqarolar!
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2026 yil 2 oyida Kosonsoy tumanida 38 ta (43) jinoyatlar sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan 11,6 foiz yoki 5 taga kamaydi.
Jami jinoyatlarning,
–16 tasi (42,1 foizi) oldi olinishi lozim bo‘lgan;
–18 tasi (47,4 foizi) aniqlangan jinoyatlarni;
–4 tasi (10,5 foizi) tashkil etdi.
Kosonsoy tumanida umumiy 38 ta jinoyatlarning 16 tasini (42,1%) oldi olinishi mumkin bo‘lgan 11 ta turdagi jinoyatlar tashkil etib, ularning soni avvalgi yilga nisbatan 27,3 foizga yoki 6 taga kamaygan (22/16).
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar turlari bo‘yicha,
-qotillik 100 foizga (0/2),
-yengil TJE 100 foizga (0/1) foizga oshishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa,
-bezorilik (1/1) teng holatda saqlandi,
-o‘g‘irlik 70 foizga (10/3),
-bosqinchilik 100 foizga (1/0),
-firibgarlik 33,3 foizga (3/2),
-jami YTXlar 20 foizga (5/4) kamayishiga erishildi.
Og‘ir TJE, Nomusga tegish, Talonchilik, AMT olib qochish, O‘rtacha og‘ir TJE, O‘lim bilan bog‘lik YTXlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
-yoshlar tomonidan 100 foizga (1/0);
-muqaddam sudlanganlar tomonidan 100 foizga (1/0);
-ishlamaydilangan tomonidan 100 foizga (1/0) kamaydi.
Voyaga yetmaganlar, Mast holatda, Ayollar tomonidan jinoyat sodir etilmadi.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar Kosonsoy tumanida o‘rtacha 16 tadan to‘g‘ri kelgan.
Tumandagi 56 ta mahallalardan 1 tasi “qizil”, 4 tasi “sariq” va 51 tasi “yashil” toifaga kiritildi.
Qizil toifadagi mahalla: Iftixor.
Mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan eng ko‘p jinoyatlar O‘zbekiston (2 ta oldi olinadigan, 1 ta o‘g‘irlik, 1 ta oilaviy zo‘ravonlik), Iftixor (2 ta oldi olinadigan, 2 ta qotillik) mahallarida sodir etildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, maxallalarda xavfsizlikni ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilayotgani, qabul qilinayotgan Farmon va qarorlarida jinoyatni oldini olish faqat xuquqni muxofaza qiluvchi organlarning emas balki barcha davlat idoralari, tashkilot va muassasalarning birgalikdagi vazifalari ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu boisdan Kosonsoy tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga barcha davlat organi va tashkilotlari mas’ul xodimlariga yetkazilib, tumanda Toshkent shahar Chilonzor tumani tajribasi asosida ishlar tashkil etilishi belgilandi. Qarorda belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.
Tuman Ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan “Ishchi guruh” tomonidan “yo‘l xarita” ijrosiga mas’ul bo‘lgan hamkor tashkilotlardan kunlik hisobotlar olinib jamlanib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar haftada bir marta muhokama etilib, har bir yo‘nalishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik ko‘magida jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beramiz.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar ta’minlanishiga shaxsan kafolat beraman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
